Mediamadaniyat
Mediamadaniyat ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang ravishda mazmunan doimiy rivojlanib boradi. Hozirgi kunda mediamadaniyat asosan to‘rt turga bo‘linadi: yozma, audial, vizual hamda texnik mediamadaniyat. Shaxsning mediamadaniyati esa quyidagi tarkibiy qismlarga ega: axborot faolligi; ma’lumotga bo‘lgan o‘z ehtiyojini to‘g‘ri shakllantirish qobiliyati; rivojlangan axborot motivatsiyasi, faollik, shu jumladan kognitiv va o‘qish, qidiruv xatti-harakati; axborot faoliyati ko‘nikmalarini egallash; shaxsiy axborot ehtiyojlarini tushunish darajasi; olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash, tushunish va tanqidiy baholash qobiliyati; kommunikatsiya jarayonida ishtirok etish.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar qanday media vositalaridan foydalanadilar?
Oliy ta’lim muassasalari talabalarning media vositalaridan foydalanishining holati ularning qiziqishi, ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi deb aytish, ayni haqiqat.
Quyida talabalarning media vositalaridan foydalanishnidagi mavjud holatni keltirish mumkin:
Mediamadaniyat turlari
N.B.Kirillovaning fikriga ko‘ra
media madaniyat intensiv axborot oqimi, birinchi navbatda audiovizual oqimidan iborat bo‘lib, u quyidagilar: televidenie, kino, videofayllar, kompyuter grafikasi, mobil aloqa, Internet va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Belgilar tizimlarining ko‘p qirrali ekanligi faktiga asoslanib, media madaniyatni to‘rt turga ajratadi:

1. Yozma mediamadaniyat –
uni tashkil etuvchi belgilar tizimlarining asosi – so‘zlardir. Hozirgi vaqtda bu atama bosma jurnallar va gazetalar madaniyatini anglatadi.

2. Audial mediamadaniyat –
bu madaniyatning tizimlari radio, magnitolalar, CD Romlar, telefoniya, uyali aloqa va boshqalar bo‘lib hisoblanadi, bu erda strukturaviy omil sifatida nutq, tovush, vokal, musiqa birinchi o‘ringa chiqadi.

4. Texnik mediamadaniyat –
kadr estetikasi bilan bog‘liq bo‘lib, u axborotni audiovizual kommunikatsiya vositalari orqali uzatadi, voqelikni takrorlaydi.
Qo`llanma
Tadqiqotchi olimlar Artikova Muhayo Botiralievna, Umarov Azizbek Vahobovichning Pedagogik oliy ta’limda talabalarning media savodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish nomli uslubiy qo‘llanmasi.
“Media madaniyat” axborot jamiyati madaniyatining alohida turi bo‘lib, u turli manbalardan (radio, televidenie, gazeta, telefon, internet, og‘zaki va yozma kommunikatsiyalar, mish-mishlar) olinadigan ma’lumotlarni idrok etish va ular bilan o‘zaro munosabat qilish jarayonida shaxsning media vositalari orqali olingan ma’lumotlarni qidirish, tadqiq qilish va tahlil qilish, uni tanqidiy baholash, turli janrdagi media matnlarini yaratish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan bilimlari, his-tuyg‘ulari, munosabatlari va xulq-atvor reaktsiyalari to‘plamidan iboratdir
Mediaga qaramlikdan himoya qilish metodlari
Mediaga qaramlikni bartaraf etuvchi omillar.
Fake habarlarni aniqlash
Veb-sayt va ijtimoiy tarmoq havolalarini haqiqiy yoki soxtaligini aniqlovchi platforma
Yangiliklar
Mediamadaniyat yo`nalishi bo`yicha
Chalg‘ituvchi omillar
Chalg‘ituvchi omillardan saqlanish uchun nima qilinishi kerak?
Chalg‘ituvchi omillardan saqlanish. Talaba ma’lum bir mediamanba orqali chalg‘ishini bilsa, imkon qadar ma’lum bir o‘rganish vaqtida qat’iy foydalanmaslikka odatlanishi zarur bo‘ladi va bu o‘z navbatida mashq orqali qoida, shaxsiy tamoyil sifatida rivojlanib boradi.
Shaxsning mediamadaniyati
Shaxsning mediamadaniyati esa quyidagi tarkibiy qismlarga ega:
axborot faolligi; ma’lumotga bo‘lgan o‘z ehtiyojini to‘g‘ri shakllantirish qobiliyati; rivojlangan axborot motivatsiyasi, faollik, shu jumladan kognitiv va o‘qish, qidiruv xatti-harakati; axborot faoliyati ko‘nikmalarini egallash; shaxsiy axborot ehtiyojlarini tushunish darajasi; olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash, tushunish va tanqidiy baholash qobiliyati; kommunikatsiya jarayonida ishtirok etish.