Zamonaviy ta’lim tezkor va shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda talabalarning nafaqat bilim, balki media bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni egallash darajasiga bog‘liq. Shu bois oliy ta’lim muassalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish muammosi bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida mediata’lim muammolari S.Beknazarova, Ya.Mamatova va S.Sulaymanova, S.S.Babadjonov, R.G.Isyanov, N.A.Muslimov, A.X.Maxmudov, N.I.Taylaqov, U.Yu.Yuldashev, M.E.Mamarajabov va S.K.Tursunov kabi olimlarning tadqiqot ishlarida ko‘rib chiqilgan.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan A.V.Sharikov, T.I.Myasnikova, A.V.Fedorov, A.A.Milyutina, E.Yu.Nikitina, G.B.Onkovich, O.A.Imanova, M.S.Shablin, B.A.Iskakov, N.V.Zmanovskaya, D.A.Mezentseva va boshqalar mediata’limni tashkil etish bo‘yicha salmoqli izlanishlar olib borishgan.

Xorijiy olimlardan R.Kubey, A.Dorr, J.Traubhaar, D.R.LaRose, L.Davenport, P.Scannell, P.Schlesinger, C.Sparks, R.Vickers, J.Field, C.Melakoski, J. Gripsrudlar oliy ta’lim muassasalari talabalrida mediamadaniyatni rivojlantirishga doir tadqiqotlar olib borganlar.