“Mediadidaktik soddalashtirish” texnologiyasi. Ma’lumki, mediama’lumotlar jamiyatda keng jamoatchilikka, ko‘plab maqsadli guruhlar uchun shakllantiriladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar keng jamoatchilik uchun shakllantirilgan media ma’lumotlarni o‘quv guruhlari, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘quv-me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarni hisobga olgan holda didaktik material ishlab chiqadi. Talabalar rasmiy media manbalardan o‘quv mavzusiga mos keluvchi media ma’lumotlarni tadqiq qiladi va o‘quv maqsadiga muvofiq mediadidaktik soddalashtirish orqali didaktik material ishlab chiqadi. 2-ilovada “Yangi O‘zbekiston” elektron gazetasida “Korxonalar tomonidan 780,27 tonna sanoat chiqindilari sotildi” maqolasi keltirilgan. Talabalar maqolani to‘liq o‘rganib chiqib, quyidagi bosqichlarni amalga oshirgan holda mediadidaktik soddalashtirish vositasida didaktik material shakllantiradilar:
Texnologiya nomi: Mediadidaktik soddalashtirish Topshiriq uchun mediamanba: https://yuz.uz/uz/news/korxonalar-tomonidan-78027-tonna-sanoat-chiqindilari-sotildi?view=ozbekiston-biznes-doiralari-innovatsion-rivojlanish-yolida 1. Maqola rasmiy manbada keltirilganmi? Ma’lumotlar yangi va dolzarbmi? Muallif kim? 2. Mediama’lumot o‘quv mavzusiga to‘liq yoki ma’lum bir qismi uchun foydalimi? 3. Ta’lim oluvchilarning yosh va rivojlanishiga mos keluvchi ma’lumotlarni ajrating. 4. Berilgan ilmiy, texnikaviy ma’lumotlarni ta’lim oluvchilarga moslab soddalashtiring. Ma’lumotlarni tanlab olishda ta’lim oluvchilarning mazkur ma’lumotni tushunishi uchun zaruriy dastlabki ma’lumotlar shakllanganmi? 5. Ta’lim oluvchilar tomonidan mazkur mediama’lumotni o‘qish natijasida hosil bo‘ladigan savollarni taxmin qiling. 6. Tanlab olingan ma’lumotlarga mos ravishda grafika, jadval, slaydlardan foydalaning. |
Tadqiqot ishi doirasida mazkur texnologiya tajriba-sinov obyektlarida qo‘llanildi. Texnologiyaning samaradorligi quyidagi baholash mezonlari asosida baholandi:
№ |
BAHOLASH MEZONLARI |
Samaradorligi, % da |
1 |
Texnologiya kasbiy-pedagogik faoliyatimda qo‘llash uchun mazmunan qo‘l keladi. |
82 |
2 |
Texnologiyadan foydalanish mediamadaniyatni rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoit yaratadi. |
86 |
3 |
Texnologiya fan mazmunini didaktik jihatdan maqsadga yo‘naltirishga xizmat qiladi. |
80 |
4 |
Texnologiya mediamanbalardan foydalanish, taqqoslash hamda ta’lim maqsadidan kelib chiqqan holda foydalanishni ta’minlaydi. |
84 |