“Mediamahsulot” ishlab chiqish. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyati mazmunidan kelib chiqib, media texnologiyalardan foydalangan holda mediamahsulot ishlab chiqish hozirgi kunda pedagogik amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Media texnologiyalar hamda dasturiy ta’minotdan samarali foydalangan holda mediamahsulot ishlab chiqish pedagogik dastur asosida shakllanadi. Quyida mediamahsulot uchun pedagogik dasturga doir topshiriq keltirilgan:

Umumta’lim maktablarida Tarbiya fani o‘qitishda „Salomlashish odobi“ mavzusiga doir mediamahsulot pedagogik dasturini ishlab chiqing. Pedagogik dasturda quyidagilarga e’tibor bering:

  1. Mediamahsulot ishlab chiqishda kamida 1 ta mediamanbadan foydalaning.
  2. Mediamahsulotni dars mavzusi hamda dars bosqichlari nuqtai nazaridan loyihalang.

3, Mavjud bo‘lgan mediakontentlardan foydalaning hamda foydalanilgan manbalarni ko‘rsating.

Quyidagi manbada mediamahsulot namunasi keltirilgan. https://www.youtube.com/watch?v=JqZoq8GkGKM

Tadqiqot ishi doirasida mazkur texnologiya tajriba-sinov obyektlarida qo‘llanildi. Texnologiyaning samaradorligi quyidagi baholash mezonlari asosida baholandi:

BAHOLASH MEZONLARI

Samaradorligi, % da

1

Texnologiya kasbiy-pedagogik faoliyatimda qo‘llash uchun mazmunan qo‘l keladi.

86

2

Texnologiyadan foydalanish mediamadaniyatni rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoit yaratadi.

88

3

Texnologiya fan mazmunini didaktik jihatdan maqsadga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

90

4

Texnologiya mediamanbalardan foydalanish, taqqoslash hamda ta’lim maqsadidan kelib chiqqan holda foydalanishni ta’minlaydi.

78

 

Yuqorida keltirilgan jadvallar tadqiqot ishi doirasida tanlangan mediamadaniyatni rivojlantirishga qaratilgan amaliy texnologiyalar samarador ekanligini tasdiqlaydi.