Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak muhandis-pedagoglarni kabiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda media, mediatexnologiyalar, mediata’lim bilan bog‘liq ravishda ta’limni axborotlashtirishning roli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy pedagogik maqsadlari, shuningdek bo‘lajak muhandis-pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirish modeli xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
axborot jamiyati, axborotlashtirish, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, media madaniyati, shaxsiyat.
Insoniyat o'zining noyob va uzoq tarixiy yo'lida ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning turli bosqichlarini bosib o'tdi. Olimlar va tadqiqotchilar bu butun yo'lni an'anaviy va asosan uchta davrga ajratadilar: qishloq xo'jaligi, sanoat va postindustriya.
Media kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi uzviylikka, bir-birini to‘ldiruvchi umumiy mazmunga ega. Bu uzviylikni oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan o‘quv jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda uzviyligini ta’minlash orqali samarali natijaga erishiladi.
Hozirda internet sharofati bilan axborot maydoni kengayib, takomillashib bormoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlar, axborot jamiyati, ijtimoiy axborot tili va madaniyati, media madaniyati va boshqalar kabi yangi tushunchalarni tasdiqlaydi.
Bo‘lajak muhandis-pedagoglarni kabiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash media, mediatexnologiyalar, mediata’lim bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Bu jihatlar davlat ta’lim standartlari mazmunida ham o‘z ifodasi topgan. Bo‘lajak muhandis-pedagoglar kasbiy-pedagogik faoliyati doirasida media, mediamanbalar, media vositalardan ta’lim natijalariga erishish uchun didaktik vosita sifatida qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Har bir media vositasining didaktik imkoniyatlari hamda ulardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini bilishi hamda faoliyati doirasida maqsadl foydalana olishi lozim bo‘ladi.
Mediata’limning imkoniyatlari va uni pedagogik amaliyotga tadbiq etish zarurati ortib bormoqda. Fanning mazmuni, mashg‘ulot turi, shaklidan kelib chiqqan holda media ta’limning funktsional imkoniyatlaridan foydalana olish bo‘lajak muhandis-pedagoglarning kasbiy kompetentligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bo‘lajak muhandis-pedagoglar kasbiy-pedagogik faoliyati doirasida ta’lim oluvchilarning mediamadaniyatini rivojlantirishda uning mazmuni, mohiyati hamda amaliy texnologiyalarini bilishi kerak.
Mediadan, media manbalardan, media vositalardan o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy mas’uliyatni his etgan holda foydalanish talabalardan bilim, ijtimoiy tajriba, tahliliy fikarlashni taqozo etadi. Ta’lim-tarbiya, dam olish, hordiq chiqarish, ijtimoiy muloqotda mediadan foydalanishda ijtimoiy me’yorlarni bilishi, amal qilishi shaxsda mediamadaniyatning rivojlanganligi ko‘rsatkichlaridan biridir. Medianing shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni sifatida o‘z shaxsiy qobiliyati va istedodini rivojlantirishdagi vosita ekanligini keltirish mumkin.
Modelda belgilab olingan maqsad mediamadiyatni ilmiy-pedagogik tadqiqi asosida shakllantirilgan tarkibiy qismlarini belgilab berdi. Mediamadaniyat quyidagi muhim tarkibiy qismlarga ajratiladi: mediasavodxonlik, mediakompetentlik, mediaetika va media muhit.
Ilmiy-pedagogik tahlillar natijalari asosida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi uning samaradorligi, ta’sirchanligi va natijadorligini ta’minlaydi. Albatta, bunda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirishning texnik-tashkiliy jihatlari hal qilivchi ahamiyatga ega. Tuzulmaviy jihatdan oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bo‘limlari bevosita va bilvosita mediamadaniyatni rivojlantirishga doir funktsional vazifalari mavjud:
- ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi;
- axborot-resurs markazi;
- mediamarkaz;
- matbuot xizmati;
- talabalar uyushmalari.
Shuningdek, har bir oliy ta’lim muassasalarida media-didaktik materiallar tayyorlash uchun yetarli moddiy-texnik baza shakllantiriladi. Ma’lumotlar xavfsizligi, kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun ham vazifalar ma’lum bo‘limlarga taqsimlanadi. Oliy ta’lim muassasalarida mediatexnologiyalarning o‘quv jarayoniga yetarli darajada integratsiyalashganligi, mediatexnologiyalar talabalarning faol ta’lim olishiga texnik va tashkiliy jihatdan yetarlik tadbiq etilganligi, mediamanbalar va texnologiyalardan foydalanishda differentsial ta’lim olish imkoniyati, mediamanbalar va texnologiyalardan foydalanish va takomillashtirishga doir muntazam fikr almashinuvining yo‘lga qo‘yilganligi, mediatexnologiyalar vositasida hamkorlikda ta’lim olish hamda ta’limning yakunigicha “ekspert” darajasiga erishish imkoniyatlari OTMning texnik-tashkiliy jihatlarini indikatorlari sifatida tavsif etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda yuksak insoniy fazilatlarni rivojlantirish ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Talabalarda mediamadaniyatni rivojlanganligi nuqtai nazaridan ham ular jamiyatda boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan darajada bo‘lishi uchun OTM da tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy faoliyat mazmuniga singdirilishi lozim. Jumladan, hozirda medianing salbiy jihatlarini bilishi, ulardan himoyalanishning amaliy chora-tadbirlari xususida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi lozim.
Bo‘lajak muhandis-pedagog sifatida media, mediatexnologiya, mediata’lim xususidagi ilmiy maqolalarni tahlil qila olishi va pedagogik faoliyatiga tadbiq etish darajasida bilim va malakaga ega bo‘lish kerak. Shuningdek, talabalarning mediakompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan turli kurslar, jumladan onlayn kurslar mavjud. Bu kurslar mediamadaniyatni rivojlantirishga qaratilgan muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan. OTMda ham bunday kurslarni tashkillashtirish ta’sirchan ahamiyatga ega.
OTMda mediamadaniyatni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarning tashkil etilishi ham talabalarning media bilan bog‘liq ijtimoiy, tibbiy, axloqiy masalalarga e’tiborini qaratishda samarali vosita hisoblanadi. Tyutorlar tomonidan talabalarning media bilan bogliq bilim, ko‘nikma va malakalarini refleksiv baholashiga qaratilgan mashg‘ulotlar, tadbirlar, darslar ham ularda mediamadaniyatning muhim tarkibiy qismi, “feedback madaniyati”ni o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Oliy ta’lim muassasalarida shuningdek quyidagilar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
- Ilmiy-ma’rifiy media loyihalar. Bu loyihalar talabalarning ilmiy hamda media savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Talabalar yakka tartibda yoki guruh shaklida biror ilmiy mavzuda maqsadli, guruhga mos ravishda media vositalar yordamida mediamahsulot shakllantiradilar. Bu mahsulot videomaterial, televideniyada biror ko‘rsatuv yoki gazetada maqola bo‘lishi mumkin. Mavzu o‘z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda, shuningdek aynan shu mavzuning ijtimoiy ahamiyati yortilishi keng jamoatchilikni e’tiborini tortishi mumkin bo‘ladi. Ilmiy-ma’rifiy media loyihalarning tayyorgarlik bosqichi media loyihaning g‘oyasini shakllantirish, loyihaning samaradorligini oldindan baholash maxsus bilim va ko‘nikma talab etadi. Ilmiy-ma’rifiy media loyihalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyat doirasida amalga oshiriladi.
- Media-Workshop. Bu talabalarning media madaniyati, media savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan workshop bo‘lib, bu talabalarning talablaridan kelib chiqqan holda ma’lum bir mavzuda muntazam ravishda tashkil etib boriladi. Media-workshopda talabalarning talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi. Bunday workshoplar axborot-reszrs markazi tomonidan tashkil etiladi.
- Media haftalik. Bunday haftaliklar oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun hafta davomida foyelarda, ma’naviyat xonalari hamda axborot-resurs markazida tashkil etiladi. Bundan maqsad zamonaviy media manbalar, mediatexnologiyalarni tanishtirish, talabalarni hafta davomida media savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirishdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida media haftaliklarda axborot texnologiyalari, virtual texnologiyalar bilan birgalikda mediatexnologiyalar imkoniyatlarini namoyish etish va bu orqali talabalarning qiziqishlarini oshirishni maqsad qiladi. Bu haftalik davomida kichik filmlar va videoroliklar orqali talabalarga nazariy materiallarni ilustratsiyalash, muammolarni yechish va ilmiy tadqiqot hamda loyihalar haqida xabar berish, talabalarni sifatli media mahsulotlari ishlab chiqish, maqolalar yozish, fotosuratlar va videolarni tayyorlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ko‘plab ijtimoiy media platformalardan maqsadli foydalanish, qo‘llanma va elektron kutubxonalar haqida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
- Media burchak. Oliy ta’lim muassasasining talabalar gavjum joylarida media burchaklarni tashkil etish talabalarning muntazam ravishda media sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishiga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasasida media burchakning maqsadi – talabalarda shaxsiy rivojlanish, mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi uchun media vositasida qiziqishlarni rivojlantirishdan iborat. Bu burchak talabalarning media asoslarini o‘rganish, media tajribasini oshirish, ta’lim jarayonlarini media-didaktik imkoniyatini ko‘rsatish, tahlil qilish va o‘z fikrini boshqalarga taqdim qilish imkonini beradi.
Media burchagijning orqali talabalar uchun afzalliklari quyidagilardan iborat:
- medianing asosiy qonuniyatlari va texnikalarini o‘rganish;
- maqolalar va yangiliklarni yozish, ishlov berish hamda taqdim etishni o‘rganish;
- jamiyat, iqtisodiyot, texnika, texnologiya sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishish.
Media burchaklar talabalarga turli tadbir va konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi.
- Mediatanlovlar. Oliy ta’lim muassasasi talabalarida bo‘lajak kasbiy faoliyatiga qo‘shimcha ravishda mediabloglar, mediajurnalistika, mediadidaktika, mediaxavfsizlik, mediaetikaga doir tanlavlar o‘tkazish orqali ularda media sohasidagi yangi bilimlarni oshirish uchun imkoniyat hamda mustaqil ta’lim sharoitida o‘z qiqiqishlarini rivojlantirayotganini qo‘llab-quvvatlash uchun media tanlovlar katta ahamiyatga ega.
Oliy ta’lim muassasalarida media tanlovlari o‘tkazishning maqsadlari quyidagilar:
- talabalarning ijtimoiy media tajribasini oshirish; talabalarning kreativ va taqdimot qobiliyatini rivojlantirish;
- talabalarning mediamahsulotarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish.
Mediatanlovlarning maqsadi – obyektiv va keng qamrovli axborotni tarqatish va jamoat bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil etiladi. Shuningdek, talabalarning qiziqishlarini aniqlashtirish uchun samarali imkoniyat yaratib beradi. Bunday tanlovlarda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarga oid mavzularni ajratish, ijtimoiy muhitda g‘oyani o‘rgatish va qo‘shimcha mavzulardan suhbatlashish imkonini berish mumkin.
- Ijtimoiy media loyihalar. Ijtimoiy media loyihalar talabalarda jamiyat hayotida ijtimoiy faollik hamda mas’uliyatlilikni rivojlantirishga yo‘nalgan bo‘ladi. Bu loyihalar media vositasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihani amalga oshirishni maqsad qiladi. Loyiha g‘oyasi asosan ijtimoiy mavzuni media vositasida rivojlantirish, shakllantirish va tarqatish, natijada ijtimoiy mavzuga keng jamiatchilik e’tiborini qaratishni maqsad qiladi.
Ijtimoiy media loyihalari talabalarning televideniye dasturlari, radiolar, internet portallari, ijtimoiy tarmoq saytlari, ijtimoiy tarmoqdan foydalanadigan mobil ilovalar, YouTube kanallari, bloglar va boshqa media vositalardan unumli va maqsadli foydalanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalrda mediamadaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni uch guruhga ajratish mumkin
- mediamadaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ faoliyat;
- talabalarning media-didaktik kompetentsiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyat;
- mediamadaniyatni rivojlantirishga qaratilgan kreativ faoliyat.
Modelning yana bir tarkibiy qismi “Mediamadaniyatni rivojlanish ko’rsatkichlari” deb nomlanadi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘lajak muhandis-pedagoglarda mediamadaniyatni rivojlanganlik ko‘rsatkichlari va ularning mazmunini belgilab beradi. Shartli ravishda mazkur ko‘rsatlichlarni 5 ta darajaga bo’lindi:
- Mediabilimdonlik – media sohasidagi bilimlarni dastlabki shakllantirish bosqichi bo‘lib, bunda talabalar media haqidagi klassik axborot va innovatsion yangiliklarni bilishini qamrab oladi. Bu ko‘rsatkich taqqoslash, manbalar tahlili, axborotni obyektiv va subyektiv baholash, axborotni ilmiy baholash kabilarni qamrab oladi. Bu ko‘rsatkich talabalarni analitik, tanqidiy va ijodiy fikrlashni, kommunikativlikni rivojlantirilganligini belgilab beradi.
- Mediaiste’molchilik – axborotlashgan jamiyatda axborotni “iste’mol qilish” va bunda axborotning aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va manbalarga asoslanganligi nazarda tutiladi. Mediadan repsevtiv foydalanishda media sohasida qobiliyat va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
- Mediatanqid – media, mediamanbalar, media resurslarni asosli tanqid qilish va qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmasini tavsiflaydi. Bu talabalarning kognitiv faolligini, tanqidiy va ijodiy fikrlashni, kommunikativligini hamda refleksiyani rivojlantiradi.
- Mediaraqobat – media sohasidagi takliflar o‘rtasidagi sof raqobat muhitini anglash va asosli mediamanbalarga tayongan holda ustuborlik belgilash ko‘nikmasi. Raqobat media vositalari, resurslari o‘rtasida emas, balki “iste’molchilar” o‘rtasida ham bujudga keladi. Har bir shaxsning ma’lum bir mediadan foydalanish yoki foydalanmaslik qarori uning to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasi bilan asoslanadi.
- Mediakreativlik – medialar vositasida kreativ g‘oyalarni, loyihalarni amalga oshirish. Media ta’lim vositalaridan yuqori natijaga erishish uchun kreativ usullardan foydalana olishi mediakreativlikni tavsiflaydi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida ta’limning barcha innovatsion media texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalan oladi hamda o‘z kreativ qobiliyati asosida yangi adaptiv metodlarni shakllantiradi. Mazkur darajalarning umumlashmasi mediamadaniyatni rivojlanganligini ko‘rsatib beradi.
Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, medianing shaxsiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati bevosita kasbiy rivojlanish uchun asos vazifasini bajaradi hamda bir-biri bilan mazmunan uzviy aloqadorlikka ega. Globallashuv jarayonlarini har bir jamiyat a’zosining shaxsiy rivojlanishiga axborot nuqtai nazaridan ta’siri katta va kuchli bo‘lib bormoqda. Talabalarning axborot manbalarini baholash, ulardan foydalanish, axborotni tarqatishda xolislik, aniqlik, mas’uliyatlilik, xalollik kabi tamoyillarga asoslanganligini tahlil qila olishi – ulardagi media bilimdonlik rivojlanganligini belgilab beradi.
Adabiyot:
1.Prigojin I., Stengers I. Xaosdan tartib: Inson va tabiat o'rtasidagi yangi dialog // Tarjima. Ingliz tilidan / Umumiy ed. V. I. Arshinov, Yu. L. Klimontovich va Yu. V. Sachkov. – M., 1986 yil.
- Kirillova N. B. Media madaniyati: zamonaviylikdan postmodernlikgacha. – M., 2005 yil.
- Ilchenko S. N. Elektron ommaviy axborot vositalarida biznes jurnalistikasi. - Sankt-Peterburg, 2007 yil.
- Kirillova N. B. Media madaniyati tadqiqot ob'ekti sifatida // Ural davlat universiteti yangiliklari. – 2005. – No 35. – B. 63 – 74.
- Frolov A. Ommaviy axborot vositalari va zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyat // www.mediaeducation.ru/…/media_k.htm