UDK 378.091.3:004:62

 

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK ZARURATI

 

Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti

Umarov Azizbek Vaxobovich

 

Annotatsiya: Maqolada ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lg‘usi muxandis pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirib borish, zamonaviy media atrofdagi dunyoni insoniy o‘zlashtirishning murakkab vosita ekanligi to‘g‘risida gap boradi. Bugungi kunda muhandis-pedagoglarni mehnat bozori talab va ehtiyojlari doirasida tayyorlash ularda oliy ta’lim muassasasida mediamediatini maqsadli va tizimli rivojlantirish zarurligini  yangicha ahamiyat kasb etayotganligi  va ilmiy muammoga aylanishi asoslangan.

Kalit so‘zlar: media, mediamadaniyat, mediasavodxonlik, mediakompetentlik, mediata’lim, kognitiv, reproduktiv, elektrik media.

 

Абстрактный: В статье рассказывается о развитии медиакультуры будущих педагогов-инженеров в условиях информатизации образования, о том, что современные медиа являются сложным инструментом человеческого освоения окружающего мира. Сегодня подготовка инженеров-педагогов в рамках требований и потребностей рынка труда основывается на том, что необходимость целенаправленного и системного развития медиамедиатрии в высшем учебном заведении приобретает для них новое значение и становится научной проблемой.

Ключовые слова: медиа, медиакультура, медиаграмотность, медиакомпетентность, медиаобразование, когнитивные, репродуктивные, электрические медиа.

 

KIRISH

Dunyoda so‘nggi o‘n yilliklarda sanoat jamiyatidan ilm-fan jamiyatiga o‘tish tendensiyasi yaqqol kuzatilmoqda va bu jarayon intensivlashib bormoqda. Texnologik taraqqiyot bir necha o‘n yillar oldin tasavvur qilib bo‘lmaydigan ommaviy axborot vositalarini shakllanishiga imkon berdi. Bugungi ilm-fan jamiyatida raqamli ommaviy axborot vositalari mehnat bozorining eng muhim malaka va kompetentsiyalari mazmunini tashkil etib, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishning muhim manbasi sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda muhandis-pedagoglarni mehnat bozori talab va ehtiyojlari doirasida tayyorlash ularda oliy ta’lim muassasasida mediamediatini maqsadli va tizimli rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O’zbekiston – 2030” stategeyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 sonli farmoniga [1] asosan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODALOGIYASI

Ta’limni axborotlashtirish sharoitida mediamadaniyat ta’lim jarayonida mediadan foydalanish, zamonaviy o‘qituvchining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllanishida, ommaviy axborot vositalari yordamida ta’lim mohiyatini, ochib berish, pedagogik salohiyatining oshishi va turli ommaviy axborot vositalaridan foydalanish shartlarini tushunishiga, ta’lim jarayonida (axborot texnologiyalari, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, ekran san’ati, televizor, reklama, interaktiv o‘yinlar, kompyuter animatsiyasi va boshqalar), pedagogik modellar va ulardan foydalanishga tayyorligini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. [2; 238-b].  

Bo‘lajak muhandis-pedagoglarning mediamanbalar, mediata’lim texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish orqali ularning mediamadaniyatini rivojlantirish masalasi – oliy ta’lim oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ilmiy texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda, bo‘lajak muhandis-pedagoglarning media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediamadaniyatini rivojlantirish mexanizmini takomillshtirish pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ichida muhim ahamiyatga ega.

Oliy ta’limning “Kasb ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash haqidagi masala o‘ziga xos muhim va murakkab hisoblanadi. Chunki bo‘lajak muhandis-pedagoglardan nafaqat yetarlicha katta hajmdagi texnikaga oid, balki pedagogik bilimlar, katta hajmdagi maxsus ko‘nikma va malakalarni egallash ham talab etiladi. Fikrimizcha, hozirgi ta’limni axborotlashtirish sharoitida muhandis-pedagoglar uchun “sof skills” ya’ni “yumshoq kompetentsiyalar”ning ahamiyati ortib bormoqda. Jumladan ularda media madaniyatning rivojlanganligi va uning bo‘lajak kasbiy faoliyatidagi salmog‘i ijtimoiy hamda pedagogik zaruratdir.

Oliy ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter, telekommunikatsiya texnologiyalari hamda dasturiy jihatdan yetarli ravishda jihozlanmoqda. Bu oʼz navbatida professor-o‘qituvchilarning oʼz mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Oʼquv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, oʼqituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini oʼzgartiradi, oʼqituvchilik faoliyatining murakkablashuviga olib keladi.

Oliy ta’lim muassasalarida tashkiliy-boshqaruv jihatidan mediamadaniyat korporativ imijning ustuvor qismi hisoblanadi. Axborot-resurs markazi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, ilmiy-tadqiqot bo‘limi, multimedia markazi kabi bo‘limlar o‘z faoliyatini bevosita va bilvosita talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirishga qaratadi. Oliy ta’lim muassasasining ichki va tashqi hamkorligini tashkil etishda ham mediamadaniyat bilan faoliyat qay darajada tizimli yo‘lga qo‘yilganinini anglash mumkin bo‘ladi.

Korporativ imij nuqtai nazaridan, oliy ta’lim muassasalarida mediamadaniyat o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos uslubidir. Axborot ta’lim jarayonining ikkita asosiy ishtirokchisidan tashqari uchinchi ishtirokchi – axborotning asosiy manbai bo‘lgan ommaviy kommunikatsiya vositalari paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda o‘qituvchining pozitsiyasi talaba pozitsiyasiga yaqinlashadi – ikkalasi ham mediaga nisbatan retsipientlardir. Talabalar media xabarlardan oladigan ma’lumotlar, ta’lim ma’lumotlaridan farqli o‘laroq, hissiy tus berish va ma’lumotlarning dolzarbligi kabi jozibali xususiyatlarga ega. Shunday qilib, o‘qituvchi media bilan raqobatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak, u avtoritarlikdan voz kechishi, iste’mol qilingan ma’lumotlardan, o‘qituvchining o‘zi nima olganiga nisbatan talaba aniq nimani olgani bilan ko‘proq qiziqishi, talabalarning faoliyatini baholash mezon va usullarni qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Herzig va Assmann oliy ta’lim muassasalaridagi muammolardan birini quyidagicha tavsiflaydi: ko‘plab o‘qituvchi-professorlar ommaviy axborot vositalarini ilmiy manba sifatida qaramaydi va uning ta’sirini to‘g‘ri baholay olmasligi, shuningdek o‘z fani mazmuniga bevosita yoki bilvosita integratsiya qilmasligidadir. Bunday o‘qituvchi-professorlarni “media migrantlari” deb nom beradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish o‘qituvchilarning o‘zi uchun muammo tug‘diradi, shuning uchun ular uchun mediadan foydalanishning pedagogik-ilmiy zarurati yuzasidan treninglar o‘tkazish zarur bo‘ladi. O‘qituvchi-professorlarning mediamadaniyati talabalarga transformatsiya bo’ladi. [3; 242-b]

Muhandis-pedagoglar turli soha vakillariga o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi olishlari uchun mas’ul sifatida ularning kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul hisoblanadilar. Hozirgi kunda barcha sohalarning mazmuniga mediamadaniyat singdirilib, kasbiy tavsifnomalarda o‘z ifodasini topib kelmoqda. Ta’limdagi raqamlashtirish jarayoni esa mediamadaniyatning dolzarbligini oshirib bormoqda.

Mediamadaniyat talabalarda media qobiliyatlarni rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Media qobiliyat bo‘yicha tadqiqotlari bilan tanilgan mediapedagog olim A.V.Fedorov shaxsning media qobiliyatini “uning motivlari, bilimlari, aql-zakovati, qobiliyatlari (ko‘rsatkichlar: motivatsion, aloqa, axborot vositasi, his-tuyg‘ular, interpretatsion baholash, amaliy-operatsion va ijodiy faoliyat), ommaviy axborot vositalarini tanlash, ulardan foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va turli shakllarda, shakllar va janrlarda o‘tkazish, jamiyatda media faoliyatining murakkab jarayonlarini tahlil qilish” [4; 616-b] deb belgilaydi.

Keyingi vaqtlarda pedagogik amaliyot va ilmiy-tadqiqot ishlarida “mediapedagogika” tushunchasi qamrov doirasi jihatidan keng qo‘llanilib kelinmoqda. Mediapedagogika yangi pedagogik texnologiya bo‘lib, bu ommaviy axborot vositalari yordamida ta’lim oluvchilarni ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma’lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallar kiradi.

Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan uning intellektual potensiyali bilan belgilanadi. Chunki ilmiy potensiyali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida yondashilib, katta e’tibor qaratilyapti. Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o‘ziga xos talablari mavjud. Birinchidan, o‘quvchi talabalarning kasbiy bilimlarini o‘zlashtirish darajasi davlat ta’lim standartlari talablariga mosligini ta’minlash bilan bog‘lq. Ikkinchidan, o‘quvchi talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini to‘liq qamrab olishga erishish. Jamiyatning bu tarzda jadal rivojlanishi, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji o‘qituvchidan intellektual qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, ijtimoiy talablarni qondirishni taqozo etmoqda.

Zamonaviy ilm-fan jamiyatida talaba-yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoni raqamli media vositalari orqali amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda talaba-yoshlar o‘z xohishlari, intilishlari va qiziqishlariga asosan ommaviy axborot vositalaridan foydalanmoqda. Bunga nisbat bergan holda “raqamli mahalliy aholi” tushunchasi paydo bo‘lganki, bu insonlarning real borlidan virtual borliqda ko‘proq band bo‘lishini anglatib keladi. Avlodlar almashinuvi kontseptsiyasiga ko‘ra 1980-yildan buyon tug‘ulgan avlodga nisbatan “raqamli avlod” tushunchasi qo‘llaniladi. Bu guruhga kiruvchi talaba-yoshlar doimiy ravishda yangi medilar bilan uyg‘unlashgan hayot kechirmoqda. Bu avlod vizual o‘ylash, ko‘p vazifalarni bir vaqtda bajarish, diqqatni tez o‘zgartiradigan, tez reaksiyaga kirishuvchi, moliyaviy mustaqillikka aynan kompyuter texnologiyalari orqali erishishni o‘ziga lozim topishi bilan tavsiflanadi [5; 231-b].

Antrapologik jihatdan talaba shaxsida mediamadaniyatni rivojlantirish o‘zini-o‘zi yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon shaxsning o‘z qarorlarini shakllanishi, o‘z-o‘zini o‘rganish kompetensiyasini maqsadli rivojlantirish orqali mustahkamlanishi mumkin. Ta’limning axborotlashtirish sharoitida shaxsiy va kasbiy rivojlanish o‘z-o‘zini o‘rganish kompetensiyasi asosidagini samarali bo‘lishi mumkin. Mustaqil ta’lim yordamida o‘quv jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va baholashni faol shakllantirish mumkin.

 

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bo‘lajak muhandis-pedagoglarda mediapedagogik kompetentsiyalarning turli jihatlari “mediakompetensiya” va “mediata’lim kompetensiyasi” atamalari hozirgi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu ikki atamaning muhokamasi so‘nggi o‘n yilliklarda mediata’lim kontekstida harakatning asosiy nuqtalari sifatida ta’kidlangan narsalarni birlashtiradi. Media kompetentligi atamasidan foydalanish allaqachon ko‘p marta muhokama qilingan. Tadqiqot ehtiyojlari yoki boshlang‘ich nuqtasiga qarab, ommaviy axborot vositalari va mediata’lim kompetentsiyasining o‘lchovlari va tushunchalari bo‘yicha turli jihatlar va fikrlar muhim bo‘lib chiqdi. Shu nuqtai nazardan, keyingi bobda o‘qituvchilarning mediakompetentsiyasi va mediata’lim kompetentsiyalari haqida turli xil fikrlar keltirilgan va umumlashtiriladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida mediamadaniyatning shakllanishi va rivojlanish zarurati har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Aynan mehnat bozorida muhandis-pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlanganligiga qo‘yilayotgan talablarning yuqoriligi masalaning mohiyatan dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida media vositalarning samaradorligi va ulaning ta’sirchan kuchi o‘quv jarayoniga yo‘naltirilishi zamonaviy o‘quv mashg‘ulotlariga qo‘yilayotgan talablardan biri hisoblanadi. Buning natijasida talaba-yoshlarda uchrab turgan salbiy: “virtual qaramlik”, “internetga tobelik”, “kiberbulling” hamda kognitiv-emotsional faoliyatning buzilishi kabi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunda salbiy oqibatlar talabalarning o‘z xatti-harakati bilangina amalga oshirish imkonsiz bo‘lib, ma’lim pedagogik va psixologik kontseptsiyaga tayangan refleksiv suhbatlar, o‘z-o‘zini baholash, o‘z faoliyatini tanqidiy baholash, o‘z xatolarini anglab yetish, kasbiy identiteti va madaniyatini ma’lum oraliqlarda baholab borish, rivojlanish tendentsiyasini kuzatish kabi metodlar orqali ularda mediamadaniyatni shakllantirish va rivojlantirish mumkin bo‘ladi.

Talaba-yoshlarning media vositalaridan samarali, maqsadli foydalanishida noto‘g‘ri va pedagogik jihatdan tadqiq etilmagan usullarni qo‘llash samarali yechim bo‘la olmaydi. Ularda media texnologiya va vositalarga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarni tanqid qilish, o‘z manfaatlarini to‘g‘ri shakllantirish, media bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarda yechim topishga ularning ehtiyojlari bor. [6; 12-b]. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish ham ta’lim jarayonida ham ma’naviy-ma’rifiy faoliyat doiyrasida amalga oshishiga amin bo‘linadi.

Ilmiy adabiyotlarda “mediamadaniyat” va “axborot madaniyati” tushunchalari mazmunan bir xil maqsadda qo‘llaniladi. Shu tarzda qo‘llanilishiga yaqqol misol sifatida quyidagi ilmiy ishlarni keltirib o‘tish mumkin:

  • “axborot madaniyati” axborot maydonida erkin bo‘lishga va uning shakllanishida ishtirok etishga imkon beradigan bilim darajasi [7; 68-b];
  • “jamiyatni axborotlashtirish jarayoniga imkon beruvchi, axborotlashgan jamiyatda zarur bo‘lgan shaxsning xususiyatlari yoki xislatlari” [8];
  • “madaniy qadriyatlar bilan taqozo etilgan aksiologik xarakterdagi axborot faoliyati” [9; 39-b];

Talabalarda mediamadaniyatni rivojlantirish zarurati keng qamrovli bo‘lib, tendentsial xususiyatga ega. Jamiyatda axborotlashtirish jarayonlari intensivlashish orqali yildan-yilga mediamadaniyatning qamrov doirasi kengayib bormoqda. Tadqiqotchi E.Ablazov mediamadaniyat muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirishini, masofalarni qisqartirishi, zamonaviy dunyo makonining istalgan nuqtasiga yaqinlik tuyg‘usini yaratishini ta’kidlab o’tadi. [10; 12-b].

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mediamadaniyatni rivojlantirishning ahamiyati muhimligi, pedagogik zarurat ekanligi quyidagi xulosaviy fikrga kelish mumkin: media har bir shaxsning subyektiv rivojlanishida muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsiy rivojlanishning asoslaridan biri hisoblanadi.

Media vositalari orqali ta’lim va uning sifatini rag‘batlantirish, zamonaviy media vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari bo‘yicha ta’sirchan metodlar, vositalar, yondashuvlar yordamida talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish ularning hayotiy-amaliy kompetentsiyalarini rivojlantirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

 

XULOSA

Pedagogik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘qituvchilarga ayrim media vositalaridan qanday foydalanishlari yuzasidan maslahat va yordam beradi. “Buning sababi shundaki, o‘qituvchi-professorlarning aksariyat avlodi o‘zlarini yana talaba holatiga qo‘yishni va media ta’lim kompetentsiyalarini rivojlantirishni boshdan kechirishni istamaydilar” [11; 2-b]. Boshqa tomondan bo‘lajak mutaxassislar shaxsiy-hayotiy faoliyati doirasida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha shaxsiy tajribalar ortirgan.

Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari zamonaviy oliy ta’limni axborotlashtirish jarayonining jadallashuvi bilan tavsiflanadi. O‘quv jarayonida mediaresurslaridan foydalanish va mediata’lim texnologiyalarni joriy etish ta’limning samaradorligini oshiradi, ikkinchi tomondan talabalarga ta’lim berishning yangi usullarini izlashga majbur qiladi, o‘qitishning individuallashtirish orqali talabalarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashga hissa qo‘shadi.

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” stategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PF-6079-sonli Farmoni / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2020-y., 06/20/6079/1349-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son.
  2. Федоров А.В, Медиаобразование в зарубежных странах. Монография. – Таганрог: Изд-во. Кучма, 2003. - С. 238.
  3. Herzig B., Assmann A. School, Identity and Media // Sprinter, 2014. – P. 26 (242).
  4. Федоров А.В. Развите медиакомпетенности и критического мышление студентов педагогического вуза. МОО ВПП ЮНЕСКО Информация для всех. 2007. – С. 616.
  5. Prenskiy M. Digital Natives, Digital Immigrants//From On the Horizon (MCB University Press, Vol. 9 No. 5, 2001. – 31.
  6. Potter J.W. Theory of media literacy: A cognitive approach, Thoasand Oaks, CA: Sage, 2004. – P. 12.
  7. Медведева Е.А. Информационная культура как предмет преподавания в системе высшего образования // Информатизация и проблемы гуманитарного образования: межд.науч.конф.: тезисы докл. Краснодар, – С. 67-68.
  8. Атаян А. Информационная культура личности в условиях информатизации общества // Бюллетень ВИУ. 2001. Вып. №1(7).09. 2004 г.
  9. Гречихин А.А. Информационная культура: опыт определения и типологического моделирования // Проблемы информационной культуры: сб.статей. – М.: – С. 12- 39.
  10. Ablazov E.E. “Mediamadaniyat tushunchasi va uning XXI asrda tutgan o‘rni”. Academic Research In Educational Sciences Volume 2 | Special Issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385. – 12-b.
  11. Buckingham D. Media education: a global strategy for development. A policy paper prepared for UNESCO, sector of communication and information. – P. 2.

 

Muallif haqida ma’lumot:

Umarov Azizbek VaxobovichAndijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti. E-mail: Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в браузере должен быть включен Javascript.  +9989996476930