UDK 378.091.3:004:62
MEDIATA’LIM – TALABALARNING MEDIA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN FAN TARMOG‘I SIFATIDA
Azizbek Umarov
Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy media atrofdagi dunyoni insoniy o‘zlashtirishning murakkab vosita ekanlig, shuningdek, ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lg‘usi muxandis-pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirishning muhim xususiyatlari to’g’risidagi fikr mulohaza va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: ta’limni axborotlashuvi, mediamadaniyat, mediaresurs, zamonaviy media, elektron media, ta’lim funksiyalari.
Аннотация: В данной статье представлены мнения и рекомендации о том, что современные медиа представляют собой комплексный инструмент освоения человеком окружающего мира, а также важные особенности развития медиакультуры будущих инженеров-педагогов в условиях информатизация образования.
Ключевые слова: информатизация образования, медиакультура, медиаресурс, современные медиа, электронные медиа, образовательные функции.
Abstract: In this article, opinions and recommendations are presented about the fact that modern media is a complex tool for human assimilation of the surrounding world, as well as important features of the development of media culture of future engineers-pedagogues in the context of educational informatization.
Keywords: informatization of education, media culture, media resource, modern media, electronic media, educational functions.
KIRISH
Respublikamizada Oliy ta’limni zamonaviy asosda tashkil etish va bu borada amaldagi Davlat ta’lim standartlarining mazmuniga mediata’limni integrativ ravishda sindirishga oid isohotlar ko’lami kengayib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar asosida turli fanlar mazmuni orqali, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda atroflicha yetkazib boriladi.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, talabalarda mediamadaniyatning rivojlanganligini muhim ko‘rsatkichlaridan biri o‘zini va o‘zgalarni salbiy axborot ta’siridan himoya qila olishi, o‘zining axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlay olishi hisoblanadi. Talabalarda mediamadaniyatni rivojlanganligini asosiy mezoni sifatida axborotlarni tanqidiy baholay olishi, media manbalardagi salbiy axborot ta’sirini mantiq, refleksiya, dialog, talqin, shaxsning himoya munosabatlarini shakllantiradigan axborot ta’sirining tasniflarini bilishga tayanish orqali aniqlay olishidir. Tanqidiy fikrlashning himoya funktsiyasini amalga oshirish uchun da’vatlovchi kuch – talabaning axborot-psixologik xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojidir va ijtimoiy-madaniy omillar, fikrlash subyektining individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari esa, aqliy faoliyat uchun sharoit yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODALOGIYASI
Oksford entsiklopediyasida “mediata’lim mediani o‘rganishdir”. Mediata’lim yaratilayotgan va tarqatilayotgan mediamatnlar bilan bog‘langan. Ta’lim oluvchilar mediamatnlarning mazmun-mohiyatiga izoh va baho berish uchun tahlil qila olish qobiliyatini o‘zida shakllantiradi. Mediani o’rganish odatda amaliy tarzda, ya’ni mediamatnlar yaratish bilan bog‘liq amalga oshiriladi. Mediata’lim mediani o‘rganish orqali mediasavodxonlikni oshirishga xizmat qiladi [1].
“Pedagogik qomusiy lug‘ati”da esa mediata’lim quyidagicha tariflanadi: “o‘rganuvchilarga ommaviy kommunikatsiyani o‘rgatuvchi pedagogikaning bir yo’nalishi” [2], YUNESKOning ta’rifi ko‘ra “mediata’lim zamonaviy ommaviy axborot vositalari bo‘yicha bilimning nazariya va amaliyotini o’rganishdir”. [3]
Mediataʼlim orqali dunyoning yetakchi mamlakatlari taʼlim sohasining ustuvorligiga erishdi. Bugungi kunda yangi sifatli taʼlimga erishish uchun taʼlimni axborotlashtirish va oʻqitish uslublarini optimallashtirish, ochiq taʼlim texnologiyalaridan faol foydalanishni amalga oshirish zarur. Mediataʼlim orqali maʼlum fanlarni oʻqitishning dunyodagi eng yaxshi dars namunalari, tayyor kurslar dasturlarini internet tarmogʻi orqali oʻrganish mumkin. Bu har qanday shaxsning oʻz ustida ishlab, oʻzi qiziqqan sohani mukammal oʻrganishga imkoniyatdir. Mediataʼlim orqali dunyo kutubxonalari fondlari, axborot maʼlumotlar bazalari, eksperimental jihozlar, etakchi laboratoriya va institutlarning ilmiy natijalarining haqiqiy bitmas-tuganmas resurslariga masofadan kirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu dunyo bolalarining deyarli bir xil imkoniyatga egaligini ham koʻrsatib beradi. Mediataʻlim jarayonida talabalarda mediasavodxonlikka urgʻu beriladi.
Yevropa Ittifoqi hujjatlarida ta’riflanishicha, mediata’lim – (media education) olingan axborot asosida oʻz fikrini bildirishga qodir boʻlgan mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalash maqsadida mediaga tanqidiy va oʻylab munosabatda boʻlish sifatida tushunish kerak bo‘lgan mediakompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim. Bu fuqarolarga zarur axborotlardan foydalanish, uni tahlil qilish, ular bilan bogʻliq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy manfaatlarni identifikatsiya qilish. [4]
Media taʼlimning asosiy vazifalari:
ta’lim oluvchilarni jamiyatdagi axborotlashtirish va raqamlashtirish sharoitida hayotga tayyorlash, turli maʼlumotlarni idrok etish, insonni uni tushunishga oʻrgatish, uning psixikaga taʼsirining oqibatlarini anglash, taʼsir qilish usullarini oʻzlashtirish va ogʻzaki boʻlmagan shakllarga asoslangan muloqot texnik vositalaridan foydalangan holda munosabatga kirishish demakdir. [5]
Olima I.N.Gendina “Shaxsning mediamadaniyati, mediasavodxonligidan tashqari, o‘ziga xos axborot dunyoqarashiga ega bo‘lishi, axborot bilim va ko‘nikmalarni egallashda ishonch shakllanishi, axborotlashgan jamiyatda yashovchi individdan muayyan tomonidan qanday maqsadlarga erishish lozimligini anglashi va ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun mas’uliyatni his etishi kabilarni qamrab oladi” [6] degan yakuniy xulosalarini keltirib o‘tadi.
Mediamadaniyat va mediasavodxonlik mediata’lim asosida shakllanadi hamda rivojlanadi. Media ta’limning maqsadi – o‘z shaxsiyati va hayotini shakllantirish, rivojlantirish uchun ommaviy axborot vositalarining o‘sib borayotgan turlari haqida tanqidiy fikr yuritish, ulardan oqilona va ehtiyojlariga qarab tanlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalaridan to‘g‘ri, ijodiy va ijtimoiy mas'uliyat bilan foydalanish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ilmiy tadqiqotlari asosida talaba shaxsining media kompetentligini rivojlantirish uchun maxsus tashkil etiladigan pedagogik sharoitlar zarur. I.V.Grigorevaning fikricha, oliy o‘quv yurtining o‘quv jarayoniga quyidagi tashkiliy-pedagogik shartlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli bo‘ladi [7]:
- mediata’lim blokini oliy ta’lim standartlariga kiritish;
- oliy o‘quv yurtining mediata’lim maydonini sifatli tashkil etish;
- o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni media tarbiyaviy xarakterdagi mazmun bilan to‘ldirish;
- talabalarni faol media faoliyatiga jalb qilish orqali o‘quv rejasi fanlarining mediata’lim salohiyatini talabalar tomonidan ularni o‘rganish jarayonida izchil amalga oshirish.
YUNESKO tomonidan mediata’limni XXI asr pedagogika rivojining ustuvor yo‘nalishi sifatida baholanadi va unga quyidagicha ta’rif berilgan: “Mediata’lim – medianing barcha turlari (bosma va grafik, ovoz, ekranli va boshqalar) va turli xil texnologiyalar bilan bog‘liq; u odamlarga o‘z jamiyatlarida ommaviy kommunikatsiyadan qanday foydalanilishini tushunish, boshqa odamlar bilan muloqotda mediadan foydalanish ko‘nikmalarini egallashga imkon beradi; insonni qanday qilib:
1) mediamatnlarni tahlil qilish, tanqidiy talqin qilish va yaratish;
2) mediamatnlarning manbalarini, ularning kontekstini, ularning siyosiy, ijtimoiy, tijoriy va madaniy manfaatlarini aniqlash;
3) tarqatilayotgan medianing mediamatn va qadriyatlarini tatbiq etish;
4) o‘zlarining shaxsiy mediamatnlarini yaratish, tarqatish va ularga qiziqqan auditoriyani jalb qilish uchun tegishli mediani tanlash;
5) idrok qilish uchun ham, ishlab chiqish uchun ham mediadan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishga yo‘naltiradi” [8].
Mediamadaniyat – turli media manbalarini tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi. Shaxsda media mahsulotlarni o‘z “ma’naviy filtr”i (mafkuraviy immuniteti) orqali ko‘ra olishi undan bir qator bilim va ko‘nikmalar kerak bo‘lishini ko‘rsatadi. Media vositalaridagi targ‘ibot-tashviqotni, biryoqlamalikni va buning sabablarini, ma’lumot tarqatuvchining niyatlarini ko‘rib turishadi. Bunday mediamadaniyat mediamahsulotlarga tanqidiy yondashuvni belgilab beradi, aldanishlardan asraydi. [9]
Mediataʻlim jarayonida talabalarda mediasavodxonlikka urgʻu beriladi. Mediamadaniyat – axborotga tanqidiy qarash, xolis yondashish va har bir axborotni saralashda ongli ravishda yondashishdir. Mediamadaniyat maqsadlari quyidagi koʻrinishda ifoda etiladi:
- ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan axborotlarni tushunish, qayta ishlash va keng talqin etishga oʻrgatish;
- ijodiy fikrlashni, u yoki bu xabarning yashirin mazmunini tushunishni, salbiy mazmunli axborotlardagi yoshlarning ongini oʻzgartirishga harakatlariga qarshilik qilishni bilishni rivojlantirish;
- talab etiladigan axborotni topish, tayyorlash, yetkazish va qabul qilish malakasini shakllantirish.
Fikrimizcha, media ta’sirida oladigan ma’lumotni qayta ishlay olish, mantiqiy va analitik tahlil qilib ko‘rish, uning yashirin aks ta’sirini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish sifatida mediamadaniyat bo‘lajak muhandis-pedagoglar uchun sifat hisoblanadi. Bo‘lajak muhandis-pedagoglarda mediamadaniyatni rivojlantirish, mediata’lim orqali medianing salbiy ta’sirlarini ilg‘ay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, bu orqali kelgusi kasbiy faoliyatida ta’lim oluvchilarning ham g‘oyaviy aldanishdan saqlash iqtidoriga ega bo‘ladi. Mediamadaniyatni shakllantirish zaruratini tadqiq etishdan avval axborot savodxonligi, axborot madaniyati, mediata’lim va mediamadaniyat tushunchalarining mazmun mohiyati, lug‘atlarda tariflanishini tadqiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bo‘lg‘usi muhandis-pedagoglarning mediamadniyatini rivojlantirish bilan ularning axborot savodxonligini rivojlantirish uzviy bir jarayondir. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar hamda malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotni qabul qilish, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish hamda tadbiq etishning muhimligini tavsif etadi. Axborot savodxonligi mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Mediasavodxonlik media funktsiyalarini tushunish, mazkur funktsiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg‘u beradi. Mediasavodxonlik ham axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi o‘quv dasturlarida alohida fan sifatida “mediamadaniyat” yoki “mediakompetentlik”ga doir fanlar ko‘zda tutilmaganligini hisobga olsak, bugungi kunda mediamadaniyatni va uning komponentlarini talaba shaxsida shakllantirish va rivojlantirish uchun istiqbolli ta’lim turlaridan biri – mustaqil ta’lim hisoblanadi.
A.V.Federov mediamateriallarga asoslangan ijodiy vazifalar o‘qitish, moslashish, rivojlantirish va boshqarish funktsiyalarini bajarishini ta’kidlab o‘tadi:
- moslashish funktsiyasi – bilimlarni boshqa vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatini nazarda tutadi;
- o‘quv funktsiyasi nazariya va qonunlar, mediamatnlarni idrok etish va tahlil qilish usullari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan;
- boshqaruv funktsiyasi – mediata’limni barcha jarayoni uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadi;
- rivojlantiruvchi funktsiyasi – insonning motivatsion, irodaviy va boshqa xususiyatlari va fazilatlarini, media bilan ijodiy aloqa tajribasini rivojlantirishga qaratilgan[10].
Shuningdek, mediaresurslar vositasida bo‘lajak muhandis-pedagoglar mustaqil ta’limini tashkil etilishi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnologiyalardan foydalanishni zarur ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida talabalarning axborot – media va raqamli hamda kommunikativ, kolloborativ kompetentsiyalarini shakllantirish hamda fanga doir mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Talabalar mustaqil ta’limini mediaresurs vositalari asosida tashkil etishda samaradorlikka erishish uchun quyidagilar taklif etiladi [11] (1-jadval):
1-jadval
Talabalar mustaqil ta’limini mediaresurs vositalari asosida tashkil etishning samaradorligi
Mediaresursni tanlash |
talabalarning psixologik, fiziologik xususiyatlari, axborotlarni qabul qilish, idrok etish va individual shaxs sifatlarini inobatga olgan holda mediaresurslarni to‘g‘ri tanlash; |
Mediaresursni ta’lim tiliga moslash |
mediaresurslar vositasida mustaqil ta’limni tashkil etishda ta’lim kontenti va o‘quv topshiriqlarining talaba tahsil olayotgan ta’lim tiliga mos kelishi. Agar mustaqil ta’lim jarayonida xorijiy tildagi kontentdan foydalanilgan bo‘lsa, uning talaba tahsil olayotgan ta’lim tiliga tarjima qilinishi yoki izohining taqdim etilishi; |
Mustaqil ta’limga tatbiq etish |
mustaqil ta’lim jarayoniga mediaresurslar vositasida geymifikatsiya (o‘yin orqali o‘rgatish) elementlarini joriy etilishi; |
Ijodiy faoliyatga yo‘naltirish |
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning amaliy, ijodiy faoliyatga yo‘naltirilganligini ta’minlash. |
Bugungi kunda turli axborotlar bilan tanishish, ulardan o‘zlarining ijtimoiy (kasbiy va kundalik) faoliyatida foydalanish oddiy hodisa sanaladi [12]. Medianing shaxs hayotidagi o‘rni va roli quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- axborot olish manbai;
- muloqot va kommunikatsiya;
- axborotni uzatish va tarqatish;
- o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy rivojlanish;
- ta’lim va tarbiya;
- dam olish, hordiq chiqarish, ijtimoiy muloqot;
- kundalik hayotda, shaxsiy yoki kasbiy faoliyatda qo’llash;
- qobiliyat, iste’dodni shakllantirish va rivojlantirish;
- shaxsiy va kasbiy-pedagogik faoliyatda qo’llash;
- g‘oyalarni shakllantirish va targ‘ib qilish;
- xulosa chiqarish, qaror qabul qilish;
- shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish, me’yorlarga rioya qilish;
- kasbiy kompetentsiyalarni takomillashtirish.
Bugungi axborotlashgan jamiyatda internet tarmog‘i yordamida turli sahifalardan, jumladan, Youtube, Mytube, Facebook, Telegram, Instagram, WhatsApp, Twitter kabi axborot uzatish vositalaridan olinayotgan turli xil ko‘rinishdagi axborotlarni yopish va taqiqlash, uzatilayotgan turli syujetlarni chegaralashning imkoniyati kamroq bo‘lganligi sababli, katta sahnada – Mediata’lim tushunchasining paydo bo‘lishi, uning kelajakda ta’lim sohasida rivojlanishi imkoniyatlarini yanada orttirib yuboradi [13].
XULOSA
Mediata’limning asosiy tamoyillari va metodlari bo‘lajak muhandis-pedagoglarning intellektual va ijodiy qobiliyatini yuksaltirishga, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga, kognitiv jarayonlarini va o‘z-o‘zini anglashga qaratilganini inobatga olgan holda, mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasi quyidagi qator imkoniyatlarni taqdim etadi:
- har bir ta’lim oluvchi uchun moslashuvchan ta’lim olish tempi;
- axborotni idrok etish kanallarini inobatga oluvchi mediaresurslar shaklidagi o‘quv kontentidan foydalanish;
- mustaqil ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning faol ishtirokini ta’minlash;
- ta’lim jarayoniga kompetentsiyaviy yondashish;
- zamonaviy mediatexnologiyalar, mediaresurslar orqali ta’lim olish va ta’lim berish amaliyotining samaradorligini oshirish, uni yangi sifat bosqichiga olib chiqilishiga erishish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Buvabaevna K.Y. Legal basis of formation of civic culture in students kadirova yakitjan uvabaevna: legal basis of formation of civic culture in students // Journal of Information Computational Science. – 2021. – №. 1.
- Buckingham D. Media education: a global strategy for development. A policy paper prepared for UNESCO, sector of communication and information. Online:https://www.lmz-bw.de/fileadmin/user_upload/Medienbildung _MCO/fileadminbibliothek/buckingham_media-education /buckingham_media-education.pdf 2001. – P. 2.
- Dorr A. Media Literacy. In: International Encyclopedia of the Social & Behavioral Sciences. Vol. 14 / Eds.N.J.Smelser & P.B.Baltes. Oxford, 2001. – Pp. 9494 -9495.
- 4. Педагогический энциклопедический словарь / Гл. ред. Б.М.Бим-Бад; Редкол.: М.М.Безруких, В.А.Болотов, Л.С. Глебова и др. – М.: Большая Рос. энцикл., 2002. – С. 138.
- 5. UNESCO [Recommendations Addressed to the United Nations Educational Scientific and Cultural Organization UNESCO. In:Education for the Media and the Digital Age. Vienna: UNESCO, 1999. – 273-274. Reprint in: utlooks on Children and Media. Goteborg: UNESCO & NORDICOM, 2001. – P.152.
- https://digital-strategy.ec.europa.eu/en/policies/media-literacy
- 7. Медиакультура и образование: особенности взаимодействия и развития. – // https://topuch.ru/referat-mediakuletura-i-sovremennoe-obshestvo/index.html.
- 8. Гендина Н.И. Информационная грамотность и информационная культура личности: международный и российский подходы к решению проблемы // Проблемы образования. – №5–2007. – С. 58-69; Формирование информационной культуры личности: теоретическое обоснование и моделирование содержания учебной дисциплины / Н.И.Гендина, Н.И.Колкова, Г.А.Стародубова, Ю.В.Уленко. – М.: Межрегиональный центр библиотечного сотрудничества, – 512 с.; Медиа и информационная грамотность в обществах знания / Сост. Кузьмин Е.И., Паршакова А.В. – М.: МЦБС, 2013. – 384 с.
9.Федоров А.В. Медиаобразование: история, теория и методика. – Ростов н/Д.: ЦВВР, 2001. – С. 19.
- Челышева И.В. Теория, методика и практика развития медиакомпетентности современного педагога: монография / И. В.Челышева. – Москва, Берлин: Директ-Медиа, 2019. – 149 с.
- 11. Федоров А.В. Медиаобразование: история, теория и методика. – Ростов н/Д.: ЦВВР, 2001. – С. 65.
- 12. Умарова З. Мустақил таълим жараёнида медиаресурсларнинг аҳамияти / Замонавий таълим/ Современное образование, 2021, 6 (103). – 18-23-б.
- Бабаджанов С.С. Педагогика олий таълим муассасалари талабаларининг медиакомпетентлигини ривожлантириш технологияси (“Информатика ва ахборот технологиялари” ўқув фани мисолида): п.ф.б.ф.д (PhD) диссер....Тошкент, 2018. – Б. 36-37.