378.091.3:004:62

TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK MUHANDIS-PEDAGOGLARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

(Andijon mashinasozlik instituti)

A.V. Umarov

 

Maqolada ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lg‘usi muxandis pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirib borish, zamonaviy media atrofdagi dunyoni insoniy o‘zlashtirishning murakkab vosita ekanligi to‘g‘risida gap boradi. Bugungi kunda muhandis-pedagoglarni mehnat bozori talab va ehtiyojlari doirasida tayyorlash ularda oliy ta’lim muassasasida mediamediatini maqsadli va tizimli rivojlantirish zarurligini  yangicha ahamiyat kasb etayotganligi  va ilmiy muammoga aylanishi asoslangan.

Kalit so‘zlar: media, mediamadaniyat, mediasavodxonlik, mediakompetentlik, mediata’lim, kognitiv, reproduktiv, elektrik media.

 

В статье рассказывается о развитии медиакультуры будущих педагогов-инженеров в условиях информатизации образования, о том, что современные медиа являются сложным инструментом человеческого освоения окружающего мира. Сегодня подготовка инженеров-педагогов в рамках требований и потребностей рынка труда основывается на том, что необходимость целенаправленного и системного развития медиамедиатрии в высшем учебном заведении приобретает для них новое значение и становится научной проблемой.

Ключовые слова: медиа, медиакультура, медиаграмотность, медиакомпетентность, медиаобразование, когнитивные, репродуктивные, электрические медиа.

 

 

Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida har bir isnonning axborotdan foydalanish erkinligi quyidagicha himoyalangani keltirilgan: “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga ega; ushbu huquq o‘z e’tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat’iy nazar izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi” [1. B. 8].

Ta’limni axborotlashtirish sharoitida ta’lim oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq: pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasi; elektron ta’lim resurslari; texnologik yondashuvlar va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu sharoitda ta’lim jarayonlarini tashkil etish ta’limning elektron axborot ta’lim muhitini, integrallashgan axborot ta’lim resurslarini yaratish – ta’lim sifatini oshiruvchi omil sifatida tadqiq etishni taqozo etadi. Bunday muhitda bo‘lajak muhandis-pedagogni kelgusi pedagogik faoliyatga tayyorlash sifatini yanada oshirib borishga qaratilgan bir qator ilmiy-metodik vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Mediamadaniyat bo‘lajak muhandis-pedagoglar uchun katta ahamiyatga ega. Oliy ta’limni yakunlagach ta’lim oluvchilarning media kompetentligini rivojlantirish ularning bevosita vazifasi hisoblanadi. Hozirgi mutaxassislarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarning ichida mediamadaniyat va mediakompetentlik katta ahamiyatga ega. Bu borada nafaqat nazariy, balki amaliy ko‘nikmalarni egallash – zamonaviy mehnat bozorining asosiy talablaridan biriga aylandi.

Tadqiqot ishi maqsadidan kelib chiqqan holda asosiy tushunchalarni ilmiy va qiyosiy tahlil qilish lozim topildi. Asosiy tushunchalar sifatida quyidagi atamalar tanlab olindi: “media”, “mediamadaniyat”, “mediasavodxonlik”, “mediakompetentlik” hamda “mediata’lim”. Mazkur tushunchalarni aniqlashtirish tadqiqot ishi uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirishda va tadqiqot ishining mazmunini ilmiy jihatdan aniqlashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez taraqqiy etishi natijasida “media” atamasi paydo bo‘ldi. “Media” atamasi lotin tilidan (media, medium so‘zidan) olinib, qo‘llanma, vositachi ma’nolarini anglatadi [2. B. 60].

“Media” (lot. media-vositalar) –  (ommaviy) kommunikatsiya vositalari – ma’lumotni yaratish, yozib olish, nusxalash, ko‘paytirish, saqlash, tarqatish, idrok etish hamda subyekt (mediamatn muallifi) va obyekt (ommaviy tinglovchilar) [3. B. 24] o‘rtasida almashishning texnik vositalari sifatida ta’riflangan.

“Media” atamasi – XX asrda dastlab ommaviy madaniyatni shakllantiruvchi vositalarga nisbatan qo’llangan [4. B. 223].

“Mediamadaniyat” tushunchasi “media” va “madaniyat” tushunchalarining birgalikda qo‘llanilishi asosida shakllantirilgan. “Media” “medium” so‘zining ko‘plikdagi shakli hisoblanadi. “Medium” so‘zi lotin tilidagi “medius” so‘zidan olingan bo‘lib, “vosita” ma’nosini anglatadi [5. B. online]. Duden xalqaro atamalar lug‘atida “media” tushunchasiga quyidagicha izoh berilgan: “har qanday vosita bo‘lib, kommunisatsiya va publikatsiya uchun xizmat qiladi, jumladan bosma nashr, radio va televideniya uchun ahamiyatli” [6. B. 473].

Mediamadaniyat – turli media asarlarini tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisidir. “Media tushunchasi bilan bo‘gliq tushunchalar fanga kiritilganiga ko‘p vaqt bo‘lgan bo‘lsada, yagona va yakdil tushunchalar tizimi shakllantirilmagan. Ba’zi adabiyotlarda “mediamadaniyat” “mediakompetentsiya tushunchasi bilan sinonim so‘z sifatida qo‘llaniladi. Nemis tilida (nem. – medienkompetenz, ing. – media competence) mediakompetentlilikni “mediaga nisbatan malakaviy, mustaqil, ijodiy va ijtimoiy-mas’uliyatli harakatlar” qobiliyati sifatida tushuniladi [7. B. 19].

Muhandis-pedagoglar ta’lim oluvchilarda nafaqat mediamadaniyatni, balki ularning medialarni tanqidiy, refleksiv baholash hamda mediaetikasi bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish kasbiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari media o‘rganish vositasi sifatida tadbiq etilishi, o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarning interfaol o‘rganishi uchun didaktik imkoniyatlaridan maqsadli foydalana olishi muhandis-pedagogning vazifasi hisoblanadi.

Bo‘lajak muhandis-pedagoglarning mediamadaniyati bevosita bir davlatda shakllangan umumiy mediamadaniyat bilan uzviylikda rivojlantiriladi. Bir davlatdagi umumiy mediamadaniyat davlatning siyosiy tizimi, tarixiy, milliy identiteti, mentaliteti kabi omillar bilan bevosita bog‘liq. Tarixan olib qaraganda O‘zbekistonda og‘zaki axborot alamashinuvi qadimiy an’anaga ega.

Mediamadaniyat va mediakompetentlik uzviy bog‘liq tushunchalar hisoblanadi. Pedagog olim A.V.Xutorskoy “kompetentsiya” va “kompetentlilik” tushunchalarni sinonimik tarzda farqlaydi: kompetentsiya muayyan obyektlar va jarayonlarga nisbatan aniqlanadigan, ularga nisbatan yuqori sifatli ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan shaxsning o‘zaro bog‘liq xususiyatlari (bilimlar, mahorat, ko‘nikmalar, faoliyat usullari)ning to‘plamini o‘z ichiga oladi. Kompetentlilik deganda shaxsning tegishli vakolatlarga ega bo‘lishi, egalik qilishi, shu jumladan uning shaxsga bo‘lgan munosabati va faoliyat predmeti tushuniladi [8. B. 204].

Turli mamlakatlarning koʻplab olimlari “mediamuhit”, “mediamadaniyat”, “mediataʼlim”, “mediasavodxonlik” kabi asosiy tushunchalarni shakllantirishning bir necha usullarini aytib oʻtishgan.

Mediataʼlim – (ing. media education, lot. media – degan maʼnoni anglatadi). “Taʼlim” tushunchasining oʻzi nafaqat kasbiy va ilmiy bilimlarni, balki maʼnaviy meʼyorlar va madaniy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni, toʻplashni taʼminlaydigan ijtimoiy institutdir. Media taʼlim talabalarni ommaviy kommunikatsiya (matbuot, televideniye, radio, kino, video, internet va boshqalar) qonuniyatlarini oʻrganishga qaratadi.

Mediasavodxonlik – axborotga tanqidiy qarash, xolis yondashish va har bir axborotni saralashda ongli ravishda yondashishdir. Mediataʻlim maqsadlari quyidagi koʻrinishda ifoda etiladi:

  • ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali beriladigan axborotlarni tushunish va qayta ishlash, keng talqin etishga oʻrgatish;
  • ijodiy fikrlashni, u yoki bu xabarning yashirin mazmunini tushunishni, salbiy mazmunli axborotlardagi yoshlarning ongini oʻzgartirishga harakatlariga qarshilik qila bilishni rivojlantirish;

talab etiladigan axborotni topish, tayyorlash, yetkazish va qabul qilish malakasini shakllantirish [9. B. Internet manba].

Pedagog olim Hoffmann “media” tushunchasining o‘lchovlarini quyidagi jadvalda keltirilgandek tasvirlaydi (1-jadvalga qarang):

1-jadval

Hoffmann bo‘yicha media tushunchasining olchovlari

 

Media tushunachasi

madaniy fenomenologiya

Jurnalistika/kommunikatsiyaga doir tadqiqotlar

Pedagogik/didaktik

media-moddiy belgi tashuvchisi

Ommaviy axborot vositalari/ texnik medialar/ telekommunikatsiya

Yordamchi vosita

-      idrok ta’limi

-      ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash

-      amaliy media faoliyati.

-     madaniy-ma’rifiy ishlar;

-     media ta’lim;

-     jamoatchilik bilan aloqalar;

-     amaliy media faoliyati.

-       ommaviy axborot vositalaridan maqsadli foydalanish;

-       amaliy media faoliyati.

Estetik tarbiya va muloqot

Mediapedagogika

Mediadidaktika

(ijtimoiy) pedagogikada media tushunchasi

Maqsad: medialar vositasida hamda medialarga nisbatan kummunikativ kompetentsiyalar va kreativlikni qo‘llab-quvvatlash

 

Talabalarda mediamadaniyatni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarda turli ilmiy yondashuvlar mavjud. Quyida shu bo‘yicha tadqiqot ishi olib borgan Potter [10. B. 675] va Aufenanger [11. B. ]larning “mediamadaniyat” tushunchasini mazmuni, mohiyati va tarkibini komparavistik tahlilini keltirib o‘tamiz (1-rasmga qarang).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-rasm. Paettiger va Aufenangerlar tomonidan “mediamadaniyat” tushunchasining kompravistik tahlili.

 

Mediamadaniyat talabalarda media qobiliyatlarni rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Media qobiliyat bo‘yicha tadqiqotlari bilan tanilgan mediapedagog olim A.V.Fedorov shaxsning media qobiliyatini “uning motivlari, bilimlari, aql-zakovati, qobiliyatlari (ko‘rsatkichlar: motivatsion, aloqa, axborot vositasi, his-tuyg‘ular, interpretatsion baholash, amaliy-operatsion va ijodiy faoliyat), ommaviy axborot vositalarini tanlash, ulardan foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va turli shakllarda, shakllar va janrlarda o‘tkazish, jamiyatda media faoliyatining murakkab jarayonlarini tahlil qilish” deb belgilaydi.

AQShda qabul qilingan “XXI asr talabasi uchun standartlar” deb nomlangan yo‘riqnomada esa talabalar malaka, manba va bilim olish vositalarini quyidagi maqsadlarga yo‘naltirish lozimligini belgilgan. Bular: ma’lumot izlash, tanqidiy o‘ylash, bilim olish, xulosalar yasash, tegishli ma’lumotga asoslangan holda qaror qabul qilish, bilimni yangi vaziyatlarga yo‘naltirish, yangi bilimlarni yaratish, bilim almashish va shaxsiy kamolot hamda estetik jihatdan o‘sishga intilishdir. Media savodxonligi – qaror qabul qilish va muammolarni tahlil qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo‘lgan kompetentsiyalar to’plamidir.

Keyingi vaqtlarda pedagogik amaliyot va ilmiy-tadqiqot ishlarida “mediapedagogika” tushunchasi qamrov doirasi jihatidan keng qo‘llanilib kelinmoqda. Mediapedagogika yangi pedagogik texnologiya bo‘lib, bu ommaviy axborot vositalari yordamida ta’lim oluvchilarni ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma’lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallar kiradi.

Pedagogik amaliyotda talabalarda mediamadaniyatni rivojlantirish o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilganligini kuzatish mumkin. Misol tariqasida wiki-saytlarni keltirish mumkin. D.A.Mezentseva o‘z ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy ommaviy axborot vositasi orqali o‘quv jarayonida veb-sahifalar guruhini yaratish, ma’lumotlarni saqlash, tahrirlash, muhokama qilish uchun umumiy ish joyini tashkil etish zarurligini ta’kidlaydi. Wiki-saytlar kerakli hujjatlarni qo‘shib, uni papkalar, sahifalar va havolalar tizimi bilan tartibga solish, tahrir qilish, sharhlar qoldirish va forumdagi munozaralarga kirish uchun loyihalar ustida hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan, wikipochta orqali bir-birlariga xabar yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Wiki saytida o‘qituvchi barcha kerakli o‘quv materiallarini joylashtirish va talabalar tomonidan bajarilgan uy vazifalarini wiki-sayt sahifalarida tekshirish, to‘g‘rilash va baholash imkoniyati mavjud.

Mediamadaniyat ayrim davlatlarda alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida klassifikatsiyalanadi. Buni esa rivojlanayotgan jamiyatning talabi sifatida baholash mumkin. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida mediamadaniyat har qanday mutaxassis kasbiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi, egallashi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyasi sifatida qaraladi hamda quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni taqozo etadi:

  • jamiyat media taraqqiyotiga doir ilmiy bilim, tafakkur, tahlil va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • media xizmatlar, ularning tuzilmalari va mahsulotlari (xususan, yozma va og‘zaki ko‘nikmalar artikulyatsiya va ifodalash uslubi).

Axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy taraqqiyot, yangi raqamli media va o‘quv vositalarining keng tarqalishi mediamadaniyatni oshirishning ahamiyatini tobora ortib borishiga olib keldi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash mazmuniga mediamadaniyat mazmunini singdirishni taqozo etadi.

Innovatsion jamiyatda axborotni tanlash, saralash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikma va malakalarni oshirish zarurati tug‘ilib, buning uchun media madaniyat, axborot savodxonligi, axborotga egalik, uni baholash va axloq qoidalariga rioya qilish eng ustuvor hayotiy-amaliy, kasbiy faoliyatning zaruriy sharti bo‘lib bormoqda. Hozirgi Sanoat 4.0. kontseptsiyasini amalga oshirish sharoitida zamonaviy innovatsiyalar va texnik taraqqiyot namunalari jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib borishi, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim jihatiga aylanishi bilan bir qatorda, talaba-yoshlarning resotsializatsiya o‘zgarishi omili ham hisoblanadi.

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida “Kasb ta’limi” yo‘nalishi talabalarida “Taʼlimda va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandis-pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirish mexanizmi mazmunini singdirish, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati mazmuniga singdirishga katta ehtiyoj bor.

Mediata’lim tushunchasi fanda ikki ma’noda, ya’ni keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Media ta’lim keng ma’noda quyidagi asosiy tushunchalarni qamrab oladi: “media agentliklari”, “media kategoriyalari”, “media texnologiyalari”, “media tili”, “media vakillik” va “media auditoriyasi” kabi tushunchalar. Media ta’lim – taʼlim sohasini axborotlashtirish, ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagog kadrlar tayyorlash, pedagoglarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasini oshirishni maqsad qiladi [12. B. ??].

Medialoglar media va mediatexnologiyalarni o‘rganib chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bo‘ldilar:

  1. Dastlabki media – yozuv.
  2. Bosma media – bosma nashrlar, litografiya, fotografiya.
  3. Elektrik media – telegraf, telefon, ovozli yozuv.
  4. Mass-media – kinematograf, televidenie.
  5. Raqamli media – kompyuter, Internet.

“Media madaniyat”, “mediakompetentlik”, “mediasavodxonlik” tushunchalarini ilmiy jihatdan olib qaraganda alohida tadqiq qilish imkonsiz. “Media madaniyat” tushunchasini qolgan ikki tushunchasiz mazmun va mohiyatini ilmiy anglash imkonsiz bo‘lib qolaveradi.

T.N.Myasnikova o‘z tadqiqot ishida “mediakompetentlik – shaxsning media bilan muloqotga yakka tartibdagi tayyorligini tavsiflovchi talabaning formal va noformal ta’lim jarayonida shaxsiy-subyektiv o‘zlashtirishlari natijasi” ekanligini qayd etib o‘tgan. Shuningdek, o‘z tadqiqot ishida talabalarning mediakompetentligi rivojlanish ko‘rsatgichlarini quyidagicha keltirib o‘tgan:

–  media haqidagi klassik axborot va innovatsion tarkibiy qismlarni qamrab oladigan media to‘g‘risidagi bilimlar;

– mediadan repseptiv foydalanishda o‘z ifodasini topadigan mediaiste’molchilik;

– analitik (tahliliy), refleksiv malakalar, baholovchi argumentatsiya (asoslash) qobiliyatini o‘z ichiga oladigan mediatanqid;

– mediaraqobat, u talabaning zamonaviy media muhitning o‘zgaruvchanligi va yangiliklarini hisobga olish malakasi;

– ta’lim va kasbiy kontekstdagi mediamatnlarni loyihalash kreativ malakalari bilan belgilanadi.

Bo‘lajak muhandis-pedagoglarda media madaniyatni rivojlantirishning maqsad va vazifasi quyidagilardan iborat:

– shaxsning ijtimoiy-madaniy rivojlanishida media manba va vositalarning roli;

– mediamadaniyatning asosiy tushunchalari va qonunlari bilan tanishtirish;

– media vositalarini tahlil qilish, talqin qilish, baholash;

  • talablarda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

– talabalarning media-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish.

Media ta’lim manbalarini quyidagilarga ko‘ra tasniflanishi mumkin:

– og‘zaki (ma’ruza, hikoya, suhbat, tushuntirish, munozaralar);

– ko‘rgazmali (mediatekstlarning tasvirlari va namoyishi);

– amaliy (media materiallarida turli xil amaliy vazifalarni bajarish).

Kognitiv faoliyat darajasiga ko‘ra media ta’lim quyidagicha tasniflanadi:

– tushuntirish (o‘qituvchi tomonidan media vositalari haqida aniq ma’lumot, auditoriya tomonidan ushbu ma’lumotni qabul qilish va assimilyatsiya qilish);

– reproduktiv (media materiallarida turli mashqlar, topshiriqlarni o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi, talabalarning o‘rganishi uchun hal qilish usullari);

– muammoli (tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun muayyan vaziyatlarni yoki ommaviy axborot vositalarini muammoli tahlil qilish);

– qisman qidirish yoki evristik, tadqiqot (tadqiqot va ijodiy faoliyatni tashkil etish). Shu bilan birga, turli xil ijodiy vazifalarni o‘z ichiga olgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ustunlik qiladi.

Talabalarda mediamadaniyatning rivojlanishi “mentalitet” tushunchasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. “Mentalitet” va “mentallik” tushunchalari ko‘pincha bir-birining to‘ldiruvchi tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Mazkur ikki tushunchaga doir ilmiy maqolalarida Lev va Natalya Pushkarevalar “mentalitet yoki mentalitet ijtimoiy-psixologik munosabatlar, avtomatizmlar va ongning odatlari to‘plamidir, ular ko‘rish usullarini shakllantiradilar hamda dunyo va ma’lum bir ijtimoiy-madaniy jamoaga mansub odamlarni ifodalaydi”, deya izohlaydilar [13. B. Internet manba]. Bundan tashqari, mentallik nisbatan tez o‘zgarib turadigan xususiyatlarga ega bo‘lsa, mentalitet vaqt o‘tishi bilan birga o’zgaradi [14. B. 42].

B.S.Gershunskiy ta’limning yakuniy natijalari tizimida savodxonlikni boshlang‘ich, elementar bosqichga qo‘yadi va olimning ta’limiy natijalari bo‘yicha ishlab chiqqan umumiy pedagogik sxema quyidagicha: “savodxonlik – ta’lim – malaka – madaniyat – mentalitet” [15. B. 608].

Media madaniyati vaqt o‘tishi bilan rivojlangan va o‘zgargan turli komponentlarni o‘z ichiga oladi. Media madaniyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan ba’zilari:

  • media mahsulotlar: media mahsulotlar filmlar, teleko‘rsatuvlar, musiqa, kitoblar, jurnallar, bloglar va ijtimoiy media kabi kontent yaratishni o‘z ichiga oladi;
  • media istemoli: media iste’moli insonlarning media kontentini qanday iste’mol qilishini, qanday ommaviy axborot vositalaridan foydalanishini va uni qanchalik tez-tez ishlatishini anglatadi;
  • medialarni nazorat qilish: medialarni nazorat qilish qonunlar, qoidalar va standartlarni anglatadi. Bularga, masalan, kontentni tartibga solish, reklamani cheklash va shaxsiy hayotni himoya qilish kiradi;
  • medianing ta’siri: media ta’siri ommaviy axborot vositalarining insonlar munosabati, fikrlari va xatti-harakatlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligini o’rganadi;
  • mediainnovatsiya: mediainnovatsiya mediani iste’mol qilish va yaratish usulini o‘zgartiradigan yangi texnologiyalar va platformalarni anglatadi.

Taraqqiy etgan davlatlarda media madaniyat (infoetika, mediaetika, mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat darajasiga chiqqan bo‘lib, ilmiy markazlar, olim va mutaxassislar ushbu muammolar atrofida ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o‘rganib, tahliliy asarlar yaratishmoqda.

Amerikalik olim E.Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida: “Insoniyat ortda qoldirgan yo‘l uch bosqichdan: qishloq xo‘jaligi, sanoat va hozirgi axborot jamiyatidan iborat”, degan fikrni ilgari suradi.  Axborot jamiyati paydo bo‘lishi bilan odamlar hayotiga yangi atamalar va tushunchalar tezda kirib keldi. Axborot jamiyati aholining axborot ehtiyojlari to‘liq qondirilishi bilan tavsiflanadi.

Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi mualliflik ta’rifini keltirib o‘tamiz: “bo‘lajak muhandis pedagoglarning mediamadaniyati” tushuncha sifatida mutaxassisni tayyorlash jarayonida, kasbiy tarbiya tizimida muhim omil hamda umumiy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanib, medialar bilan maqsadli ishlash, axborotni rasmiy olish, uni ilmiy uslublar yordamida qayta ishlash, o‘z vaqtida uzatish, zamonaviy vositalar hamda usullarni qo‘llay olish malakasi va ko‘nikmasiga ega bo‘lishdir.

Asosiy tushunchalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot ishi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda bo‘lajak muhandis-pedagoglarda media madaniyatni rivojlantirishning pedagogik zaruratini ilmiy tahlil qilish kerakligini ko‘rsatadi.

 

Adabiyotlar:

  1. Media education. – Paris: UNESCO, 1984. – Р. 397.
  2. Worsnop C.M. Media Literacy Through Critical Thinking. NW Center for Excellence in Media Literacy, 2004. – 60 р.
  3. Словарь терминов по медиаобразованию, медиапедагогике, медиаграмотности, медиакомпетентности / под ред. А.В.Федорова. – Таганрог: ИздательствоТаганрогский государственный педагогический институт, 2010. – 64 с.
  4. Уматалиев З. Медиахавфсизлик ёшларимиз келажагининг пойдевори сифатида. // “Илмий-педагогик ва ўқув-методик нашрлар орқали информациявий таҳдидларга қарши курашиш: профилактика, технология, механизм” мавзусидаги республика илмий-амалий конференция тўплами. – Тошкент, 2017. – Б. 155-166
  5. Informationen zur politischen Bildung: Massenmedien, 2010. [Online 09.12.2022 ]. URL: verfügbar unter: https://www.google.de/url?sa=t&rct=j&q=&esrc=s&source=web&cd=2&ved=0CCgQFjAB&url=http%3A%2F%2Fwww.bpb.de%2Fsystem%2Ffiles%2Fpdf%2F9H7ERR.pdf&ei=0pg2VaGJFMjraPHmgLgN&usg=AFQjCNGGc_5xQzuCO6RlMz-_3crfnph7AQ&bvm=bv. 91071109, d.ZGU &cad=rjt).
  6. Hoffmann B. Medienpädagogik. Eine Einführung in Theorie und Praxis. –Verlag Ferdinand Schöningh, Paderborn, 2003. – 473 p.
  7. Metz B., Pfeiffer J., Staiger M., Wichert A. Lesen, Schreiben und Kommunizieren im Internet. Theorie und Praxis teilvirtueller Hochschullehre. – Herbolzheim: Centaurus_Verlag, 2004. – Pp.19-42.
  8. Иванова Л.А. Формирование медиакоммуникативной образованности школьников – подростков средствами видео /на материале уроков французского языка: Дисс…. канд. пед. наук. – Иркутск, 1999. – 204 с.

9.Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish. [Internet manba]. URL: // http://hozir.org/pedagogik-dasturiy-vositalar-v2.html?page=19.(18.12.2022)

  1. Potter J.W. The state of media literacy. // Journal of Broadcasting & Electronic Media, 2010. – No 54(4). Pp. 675–696.
  2. Aufenanger S. Medienpädagogische Projekte – Zielstellungen und Aufgaben. In: Dieter Baacke, Susanne Kornblum, Jürgen Lauffer, u.a. (Hrsg.) (1999).
  3. Alexander Fedorov .Media Education Journal - Editor in chief, https://www.researchgate.net/publication/314724552_Media_Education_Mediaobrazovanie_2017_No_1
  4. Мясникова Т.И. Развитие медиакомпетентности студентов университета: автореф. диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. – Оренбург. 15.12.2011 https://new-disser.ru/_avtoreferats/01005389597.pdf
  5. Забелина Н.А. Менталитет и ментальность. [Электронный ресурс]. URL: https://api-mag.kursksu.ru/media/pdf/001-04.pdf. УДК: 800.8 (16.12.2022)
  6. Рустамова Н.Р. Умумий ўрта таълим муассасалари ўқувчилари медиамаданиятини ривожлантириш технологияси (7–9-синфлар мисолида): Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. – Tошкент, 28.08.2019. – 42 б.
  7. 16. Гершунский Б.С. Философия образования для XXI века. (В поисках проктико-ориентированных образовательных концепций). – Москва: Изд-во «Совершенство», 1998. – 608 с.

 

THEORETICAL-PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF THE MEDIAMADANISM OF FUTURE ENGINEER-EDUCATORS IN THE CONTEXT OF INFORMATIZATION OF EDUCATION

A.V. Umarov

 

The article talks about the development of mediamadanism of the future mukhandis educators in the conditions of informatization of education, the fact that modern media is a complex tool for human assimilation of the world around them. Today, it is based on the fact that the training of engineering educators within the requirements and needs of the labor market gives them a new importance and becomes a scientific problem, the need for the targeted and systematic development of mediamediate in a higher educational institution.

Key words: mediacompetence, cognitive, reproductive, electrical media.

Article 19 of the Universal Declaration of human rights states that the freedom of information use of each isnon is protected as follows: “every person has the freedom of belief and the right to express it freely; this right embodies the freedom to adhere to his faith in an unhindered way and to seek, receive and disseminate information and ideas by any means B. 8].

In the context of informatization of education, the development of the mediamadanism of students of educational higher education institutions is a complex process and depends on a number of factors: the integration of pedagogical and information and communication technologies; e-learning resources; technological approaches, etc. In these conditions, the organization of educational processes assumes the study of the electronic information educational environment of education, the creation of integrated information educational resources – as a factor enhancing the quality of Education.

Based on the purpose of the research work, a scientific and comparative analysis of the basic concepts was found. The following terms were selected as the main concepts: “media”, “mediamadaniyat”, “mediasavodkhanism”, “mediacompetence” and “mediata'lim”. Clarification of these concepts is important in the implementation of the tasks set for the research work and the scientific clarification of the content of the research work.

 

References:

 

  1. (1984) Media education. Paris: UNESCO. – Р. 8.
  2. Worsnop C.M. (2004) Media Literacy Through Critical Thinking. NW Center for Excellence in Media Literacy.
  3. Fedorova, A.V. (ed.) (2010). Slovar' terminov po mediaobrazovaniyu, mediapedagogike, mediagramotnosti, mediakompetentnosti [Glossary of terms on media education, media pedagogy, media literacy, media competence]. Taganrog: Izdatel'stvo: Taganrogskij gosudarstvennyj pedagogicheskij institut.

4.Umataliyеv, Z. (2017) Mediaxafness as the foundation of the future of our youth. In: ‘Fight against informational threats through scientific and pedagogical and educational and methodological publications: prevention, technology, mechanism” .

  1. (2010) Informationen zur politischen Bildung: Massenmedien. [Online ]. URL: verfügbar unter: https://www.google.de/url?sa=t&rct=j&q=&esrc= s&source= web&cd=2&ved=0CCgQFjAB&url=http%3A%2F%2Fwww.bpb. de%2 Fsystem% 2Ffiles%2Fpdf%2F9H7ERR. pdf&ei=0pg2VaGJFMjra PHmgLgN& usg=AFQj CNGGc_5xQzuCO6RlMz-_3crfnph7AQ&bvm=bv. 91071109, d.ZGU &cad=rjt). (09.12.2022)
  2. Hoffmann B. (2003) Medienpädagogik. Eine Einführung in Theorie und Praxis. Verlag Ferdinand Schöningh, Paderborn.
  3. Metz B., Pfeiffer J., Staiger M., Wichert A. Lesen, Schreiben und Kommunizieren im Internet. Theorie und Praxis teilvirtueller Hochschullehre. – Herbolzheim: Centaurus_Verlag, 2004. – Pp.19-42
  4. Ivanova, L.A. (1999) Formation of media–communicative education of adolescent schoolchildren by means of video on the material of French language lessons Dissertation for the degree of candidate of Pedagogical Sciences. Irkutsk.
  5. Development of education using software tools. [Online]. URL: http://hozir.org/pedagogik-dasturiy-vositalar-v2.html?page=19.
  6. Potter, J.W. (2010) The state of Media Literacy. Journal of Broadcasting & Electronic Media. No 54(4). Pp. 675-696.
  7. Aufenanger S. Medienpädagogische Projekte – Zielstellungen und Aufgaben. In: Dieter Baacke, Susanne Kornblum, Jürgen Lauffer, u.a. (Hrsg.) (1999).
  8. Alexander Fedorov .Media Education Journal - Editor in chief,
  9. Zabelina, N.A. (2013) Mentalitet i mental'nost'. [Online]. URL: https://api-mag.kursksu.ru/media/pdf/001-04.pdf.

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

Электронный  научный  журнал  «Теория  языка  и

межкультурная  коммуникация»

http://tl-

  1. Rustamova, N.R. 28.08.2019 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari mediamadaniyatini rivojlantirish texnologiyasi (7-9-sinflar misolida) [Technology for the development of media culture of secondary school pupils (on the example of grades 7-9). Abstract of Dissertation of the Doctor of Philosophy (PhD) in pedagogical Sciences. Tashkent.
  2. Gershunskij, B.S. (1998) Filosofiya obrazovaniya dlya XXI veka. (V poiskah proktiko-orientirovannyh obrazovatel'nyh koncepcij) [Philosophy of Education for the 21st Century. (In Search of Proctico-Oriented Educational Concepts)]. Moscow: Izdatel'stvo “Sovershenstvo”.

 

Muallif haqida ma’lumot:

UMAROV Azizbek VaxobovichAndijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti. E-mail: Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в браузере должен быть включен Javascript.  +9989996476930